🎓 "WikiMarafon" jamoamiz bilan bir emas naqd uch oliygoh — Jizzax Sambhram universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali hamda Jizzax davlat pedagogika universitetlarida bo‘ldik.
👥 To‘g‘ri, kun biroz og‘ir bo‘ldi. Lekin yuzlab talabalar bilan ko‘rishib, yaqindan tanishib, ularning loyihamizga bildirayotgan fikr-mulohazalarini tinglab, yangi rejalar tuzar ekanmiz, bu kunning uzoq davom etishini istadik.
💡 Jizzaxlik yoshlarimiz ilmga chanqoqlikda vodiylik tengqurlaridan hech qolishmaydilar. Biz bunga kafil! Davra qizib borar ekan, nafaqat, loyihamiz, balki yoshlar siyosati bo‘yicha ochiq savol-javoblar bo‘ldi.
🎉 Ortiqcha so‘zga o‘rin yo‘q. Qolgan barchasini suratlarda ko‘rishingiz mumkin. Bizni oldinda yangi uchrashuvlar kutmoqda...