👉 "Men ikki do‘stim bilan yo‘lda ketayotgandim. Quyosh botayotgan edi. Birdan osmon qizarib ketdi… Tabiatda ulkan, cheksiz qichqiriqni his qildim." 👈
🤩 Rassom Edvard Munk qayd etgan bu tasvir u tomonidan 1893-yilda chizilgan "Qichqiriq" kartinasi bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur asar ekspressionizm yo‘nalishining eng muhim dalillaridan biri hisoblanadi.
😱 Kamida 120 million dollarga baholangan kartina ikki marta o‘g‘irlangan. U ilk bor 1994-yilda Oslodagi "National Gallery of Norway"dan, ikkinchi marta esa "Munch Museum"dan olib qochilgan. Asar keyinroq topilgan.
🤩 Birov kartinada yuzini ushlab qichqirayotgan bola tasvirlanganini aytsa, boshqalar esa u qichqiriqdan cho‘chib, quloqlarini yopib olganini ta’kidlaydi. Ba’zilar esa unga yaqinlashganda turli tovushlarni eshitishini aytadi.