Qonun bilan himoyalangan tirik mavjudotlar

11 Noyabr, 2025
8 koʻrilgan
Qonun bilan himoyalangan tirik mavjudotlar

Qonun bilan himoyalangan tirik mavjudotlar

📌 Hayvonlar huquqi — bu qonun va huquqiy me’yorlar majmuasi bo‘lib, u hayvonlarning huquqiy, ijtimoiy va biologik maqomini himoya qiladi. Ushbu soha hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik, e’tiborsizlik va qonunbuzarlikka qarshi kurashadi. 

🌍 Dunyoda bu soha keng rivojlanmoqda: Shveysariyada hatto hayvonlar manfaatlarini sudda himoya qiluvchi hayvonlar advokati lavozimi mavjud bo‘lgan. 1979-yilda tashkil etilgan Animal Legal Defense Fund esa hayvonlar huquqini qonuniy asosda ilgari surgan ilk tashkilotlardan biri hisoblanadi.

📚 Bundan tashqari, Janubiy Afrikadagi Animal Law Reform South Africa tashkiloti qonunchilik va siyosat islohoti yo‘nalishida ham faoliyat olib boradi. Bunday misollar hayvonlar himoyasi huquq tizimining muhim bo‘lagiga aylanganini ko‘rsatadi.

🚩 Batafsil ma’lumotni O‘zbekcha Vikipediyadagi maqola va ushbu videodan bilib olishingiz mumkin. O‘qish, o‘rganish, baham ko‘rish — hammasi Vikipediyada!

Shohjahon Sobirov
Manba / Muallif: Shohjahon Sobirov

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.