👏 Ingliz tilini amaliyotda qo‘llashda keng imkoniyat berayotgan "WikiMarafon" loyihasi bugundan boshlab IDP IELTS bilan yaqindan hamkorlikni boshladi.
✍️ Ikki tomonlama imzolanilgan memorandumga ko‘ra, hamkorlik davomida ingliz-o‘zbek tillarini biluvchi yoshlarni rag‘batlantirish, bu orqali ularning Vikipediyaga bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsad qilingan.
🔥 Bugungi uchrashuv davomida keyingi rejalar muhokama qilinib, yaqin kunlar ichida e’lon qilinishi kutilayotgan tanlov shartlari belgilab olindi. Yutuq o‘rnida berilishi kutilayotgan — IELTS imtihonini bepul topshirish imkonini beruvchi vaucherlar soni kelishildi.
✅ Do‘stlar, tanlovning qachon, qanday tartibda o‘tishi haqida bir necha kundan so‘ng batafsil e’lon qilamiz. Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang!