“WikiAyollar” tanlovi NIZOMI

“WikiAyollar” tanlovi NIZOMI
27 Iyul, 2026
16 koʻrilgan

“WikiAyollar” tanlovi NIZOMI

“WikiAyollar” tanlovi

   NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1.1. “WikiMarafon” va “Qizlar Akademiyasi” loyihalari hamkorligida o‘tkaziladigan “WikiAyollar” tanlovi (matn davomida Tanlov deb yuritiladi) O‘zbekcha Vikipediyada ayollar bilan bogʻliq mavzularni, xususan, ayollarning huquqlari, jamiyatdagi oʻrni hamda faoliyatini yoritishga qaratilgan ijtimoiy loyiha hisoblanadi. 

1.2. Tanlov o‘z faoliyatini “WikiMarafon” jamoasi va “Qizlar Akademiyasi”, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida olib boradi.  

1.3. Tanlov “WikiMarafon” nizomi hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 

1.4. Tanlov o‘zining maxsus belgisi (logotip), Telegram-kanali va internet saytiga ega bo‘lishi mumkin.

II. Tanlovning maqsad va vazifalari

2.1. Tanlovning asosiy maqsadi – xotin-qizlarning raqamli platformalardagi faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularni loyiha doirasida rag‘batlantirish, axborot bilan ishlash va ishonchli manbalardan foydalanish madaniyatini rivojlantirish, shuningdek, xotin-qizlarning intellektual salohiyatini namoyon etish va ularning jamiyatdagi faolligini oshirishdan iborat;

2.2. Tanlovning vazifasi – xotin-qizlarning axborot bilan ishlash madaniyatini yuksaltirish, ishonchli manbalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ayollar haqidagi bilimlarni ko‘paytirish va ommalashtirishdagi faolligini oshirish, shuningdek, ularning jamiyatning turli sohalaridagi yutuqlarini keng targ‘ib etishga ko‘maklashish;

2.3. Tanlovni tashkil etish orqali quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutiladi:

 —  xotin-qizlarning ilm-fan, ta’lim, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalardagi o‘rni hamda yutuqlari haqida keng jamoatchilikning xabardorligini oshirish, ularning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini keng targ‘ib etish; 

 —  jamiyatda gender tengligi, xotin-qizlarning imkoniyatlari va yutuqlarini e’tirof etishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekcha Vikipediya orqali ishonchli va xolis ma’lumotlarni ommalashtirish.

III. Tanlovni oʻtkazish tartibi

3.1. Tanlov “WikiMarafon” va “Qizlar Akademiyasi” loyihalari tashkiliy jamoasi tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi;

3.2. Tanlov “WikiAyollar” nizomi qoidalari bo’yicha tashkil etiladi;

3.3. Tanlov bir bosqichda, onlayn formatda tashkil etiladi;

3.4. Loyiha davomiyligi – tanlov 30-iyuldan 22-avgustgacha davom etib, natijalar 25-avgustgacha e’lon qilinadi.

 

IV. Tanlov ishtirokchilari

4.1. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiladigan barcha ishtirok etishi mumkin;

4.2. WikiMarafonning boshqa ost va yonloyihalarida qatnashayotganlar ham “WikiAyollar” loyihasida ishtirok eta olishi mumkin.

V. Tanlovda ishtirok etish

5.1. Mazkur tanlov yakka tartibdagi musobaqa boʻlib, unda qatnashish uchun talabgorlar @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tadi (@WikiTanlov_bot WikiMarafon jamoasi tomonidan tayyorlanadi);

5.2. Telegram bot orqali belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtilgandan soʻng, maxsus oyna orqali belgilangan kunda 30 ta testni yechishlari lozim. Testlar O‘zbekcha Vikipediyada mavjud (“WikiMarafon” jamoasi tomonidan tayyorlanadi) ayollarga oid maqolalar va “Qizlar Akademiyasi” platformasidagi “Moliyaviy savodxonlik”, “Fashion”, “Tadqiqot asoslari” kurslari yuzasidan tuziladi. Test sinovi 23-avgust sanasida bo‘lib o’tadi. Har bir test savoli uchun 1 daqiqa vaqt beriladi;

5.3. Ishtirokchilar testda qatnashish uchun @WikiTanlov_botiga maxsus havola orqali 3 nafar do‘stini taklifi qilishi va “Qizlar Akademiyasi” platformasida 2026-yil 30-iyuldan keyin olgan sertifikatini yuklashi lozim;

5.4. Telegram bot orqali belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar bot taqdim qiladigan maxsus havolani doʻstlariga ulashish orqali tanlov targʻiboti bo’yicha maxsus tanlovda qatnashishi mumkin;

5.5. Ishtirokchilarga har bir taklif qilgan doʻsti uchun 1 referal ball beriladi;

5.6. Tanlovning test natijalari bo’yicha ishtirokchilarning natijalari teng kelib qolgan taqdirda, testni bajarib bo’lgan vaqtga qaraladi. Qoʻshimcha natijalari yuqori bo’lgan ishtirokchiga ustunlik beriladi;

5.7. Tanlovning yakuniy natijalari 3 kun muddat ichida ishtirokchilarga maʼlum qilinadi.

5.8. Tanlov davomida ishtirokchining ikki yoki undan koʻp akkauntlardan ishtirok etayotganligi aniqlansa, tanlovdan chetlatiladi va natijasi bekor qilinadi.

VI. Gʻoliblarni taqdirlash

6.1. Tanlovda yuqori oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar quyidagi tartibda taqdirlanadi: 

1-o‘rin: “Qizlar akademiyasi” maxsus sovg‘a seti;

2-o‘rin: “Qizlar akademiyasi” maxsus sovg‘a seti;

3-o‘rin: “Qizlar akademiyasi” maxsus sovg‘a seti;

4-o‘rin: “Qizlar akademiyasi”ning maxsus termokrujka va powerbanki;

5-o‘rin: “Qizlar akademiyasi”ning maxsus termokrujka va powerbanki; 

6-o‘rin: “Qizlar akademiyasi”ning maxsus termokrujka va powerbanki; 

7-o‘rin: “Qizlar akademiyasi”ning maxsus termokrujka va powerbanki; 

8-o‘rin: “Qizlar akademiyasi”ning maxsus termokrujka va powerbanki; 

9-o‘rin: “Qizlar akademiyasi”ning maxsus termokrujka va powerbanki; 

10-o‘rin: “Qizlar akademiyasi”ning maxsus termokrujka va powerbanki; 

11-25-o‘rinlar: “Qizlar akademiyasi”ning maxsus termos va powerbanklari; 

 

6.2. “Eng faol targʻibotchi” nominatsiyasi gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi: 

1-o‘rin: “Qizlar akademiyasi” maxsus sovg‘a seti;

2-o‘rin: “Qizlar akademiyasi” maxsus sovg‘a seti;

3-o‘rin: “Qizlar akademiyasi”ning maxsus termokrujka va powerbanki;

4-o‘rin: “Qizlar akademiyasi”ning maxsus termokrujka va powerbanki; 

5-o‘rin: “Qizlar akademiyasi”ning maxsus termokrujka va powerbanki;

6.3. Tanlov jarayonida test ishlagan hamda yuqori oʻrinlarni egallay olmagan barcha ishtirokchilar natijasidan qatʼiy nazar elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.

6.4. G‘oliblar sovg‘alarni loyiha ofisidan olib ketishi kerak.

VII. Yakuniy qoidalar

7.1. Tanlov davomida tashkilotchilar ishtirokchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatishini (onlayn yuborishini) talab qilish hamda yuqori o‘rindagi ishtirokchilarning natijalariga shubha paydo bo‘lganida ular bilan videochat yoki telefon orqali qo‘shimcha savol-javob o‘tkazish vakolatiga ega. 

7.2. Tanlov davomida nizomda koʻrsatilmagan fors-major holatlar yuzaga kelsa, ishchi guruh yakuniy qarorni qabul qiladi.

 

Muallif: Gulzoda Abduhalilova

Dasturlash, texnologiya va taʻlim sohalari boʻyicha ekspert.