"WIKIKITOB" TANLOVINING NIZOMI
I. Umumiy qoidalar
1.1. “WikiMarafon” va “1000KITOB” loyihalari hamkorligida o‘tkaziladigan “WikiKitob” tanlovi (matn davomida Tanlov deb yuritiladi) O‘zbekcha Vikipediya sifatini oshirish, eng sara ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlarni taqdim qilish, kitobxonlikka qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy loyiha hisoblanadi.
1.2. Tanlov o‘z faoliyatini WikiMarafon jamoasi va 1000KITOB, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida olib boradi.
1.3. Tanlov WikiMarafon nizomi hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
1.4. Tanlov o‘zining maxsus belgisi (logotip), Telegram-kanali va internet saytiga ega bo‘lishi mumkin.
II. Tanlovning maqsad va vazifalari
2.1. Tanlovning asosiy maqsadi – talaba va oʻquvchilar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, shuningdek, ularning darsdan boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va kitob mutolaasini keng targʻib qilish, yoshlarni oʻz mustaqil fikriga ega, dunyoqarashi keng qilib tarbiyalash va qoʻllab-quvvatlashdan iborat;
2.2. Tanlovning vazifasi – talaba va oʻquvchilarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularning soʻz boyligini kengaytirish, ijtimoiy faolligi va millat taqdiriga daxldorligini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
2.3. Tanlovni tashkil etish orqali quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutiladi:
— yoshlarning barcha qatlamlarini kitob o‘qishga da’vat etish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, joylarda adabiy muhit shakllanishiga erishish; yoshlar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy hayot haqidagi tushuncha va bilim-ko‘nikmalarini yanada yuksaltirish;
— o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalarini keng targ‘ib etish, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, O‘zbekcha Vikipediya orqali adabiy bilimlarni mustahkamlash va raqamli ma’naviyatni rivojlantirish.
III. Tanlovni oʻtkazish tartibi
3.1. Tanlov “WikiMarafon” va “1000KITOB” tashkiliy jamoasi tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi;
3.2. Tanlov “Wiki1000KITOB” nizomi qoidalari bo’yicha tashkil etiladi;
3.3. Tanlov bir bosqichda, onlayn formatda tashkil etiladi;
3.4. Loyiha davomiyligi – tanlov 6-apreldan 26-aprelgacha davom etib, natijalar 1-maygacha e’lon qilinadi.
IV. Tanlov ishtirokchilari
4.1. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiladigan barcha kitobxonlar ishtirok etishi mumkin;
4.2. WikiMarafonning boshqa ost va yonloyihalarida qatnashayotganlar ham “Wiki1000KITOB” loyihasida ishtirok eta olishi mumkin.
V. Tanlovda ishtirok etish
5.1. Mazkur tanlov yakka tartibdagi musobaqa boʻlib, unda qatnashish uchun talabgorlar @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tadi (@WikiTanlov_bot WikiMarafon jamoasi tomonidan tayyorlanadi);
5.2. Telegram bot orqali belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtilgandan soʻng, maxsus oyna orqali belgilangan kunda 40 ta testni yechishlari lozim. Testlar maxsus platformada mavjud (WikiMarafon jamoasi tomonidan tayyorlanadi) kitoblarga oid maqolalar yuzasidan tuziladi. Test sinovi 26-aprel sanasida bo‘lib o’tadi. Har bir test savoli uchun 1 daqiqa vaqt beriladi;
5.3. Telegram bot orqali belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar bot taqdim qiladigan maxsus havolani doʻstlariga ulashish orqali tanlov targʻiboti bo’yicha maxsus tanlovda qatnashishi mumkin;
5.4. Ishtirokchilarga har bir taklif qilgan doʻsti uchun 1 referal ball beriladi;
5.5. Tanlovning test natijalari bo’yicha ishtirokchilarning natijalari teng kelib qolgan taqdirda, testni bajarib bo’lgan vaqtga qaraladi. Qoʻshimcha natijalari yuqori bo’lgan ishtirokchiga ustunlik beriladi;
5.6. Tanlovning yakuniy natijalari 5 kun muddat ichida ishtirokchilarga maʼlum qilinadi.
5.7. Tanlov davomida ishtirokchining ikki yoki undan koʻp akkauntlardan ishtirok etayotganligi aniqlansa, tanlovdan chetlatiladi va natijasi bekor qilinadi.
VI. Gʻoliblarni taqdirlash
6.1. Tanlovda yuqori oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar quyidagi tartibda taqdirlanadi:
1-oʻrin 10 dona kitob va elektron sertifikat;
2-oʻrin 10 dona kitob va elektron sertifikat;
3-oʻrin 10 dona kitob va elektron sertifikat;
4-oʻrin 10 dona kitob va elektron sertifikat;
5-oʻrin 10 dona kitob va elektron sertifikat;
6-oʻrin 10 dona kitob va elektron sertifikat;
7-oʻrin 10 dona kitob va elektron sertifikat;
8-oʻrin 10 dona kitob va elektron sertifikat;
9-oʻrin 10 dona kitob va elektron sertifikat;
10-oʻrin 10 dona kitob va elektron sertifikat;
11-oʻrin 10 dona kitob va elektron sertifikat;
12-oʻrin 10 dona kitob va elektron sertifikat;
13-oʻrin 10 dona kitob va elektron sertifikat;
14-oʻrin 10 dona kitob va elektron sertifikat;
15-oʻrin 10 dona kitob va elektron sertifikat;
6.2. “Eng faol targʻibotchi” nominatsiyasi gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-oʻrin 1 nafar – 10 dona kitob va elektron sertifikat;
2-oʻrin 1 nafar – 10 dona kitob va elektron sertifikat;
3-oʻrin 1 nafar – 10 dona kitob va elektron sertifikat;
4-oʻrin 1 nafar – 10 dona kitob va elektron sertifikat;
5-oʻrin 1 nafar – 10 dona kitob va elektron sertifikat;
6.3. Tanlov jarayonida test ishlagan hamda yuqori oʻrinlarni egallay olmagan barcha ishtirokchilar natijasidan qatʼiy nazar elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.
VII. Yakuniy qoidalar
7.1. Tanlov davomida tashkilotchilar ishtirokchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatishini (onlayn yuborishini) talab qilish hamda yuqori o‘rindagi ishtirokchilarning natijalariga shubha paydo bo‘lganida ular bilan videochat yoki telefon orqali qo‘shimcha savol-javob o‘tkazish vakolatiga ega.
7.2. Tanlov davomida nizomda koʻrsatilmagan fors-major holatlar yuzaga kelsa, ishchi guruh yakuniy qarorni qabul qiladi.