Biz Haqimizda
WikiMarafon
Yoshlar ishlari agentligi hamda Yosh ijodkorlar kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha bo‘lib, unda o‘zbekcha Vikipediyani boyitish orqali jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tiliga doir ma’lumotlarni ko‘paytirish maqsad qilingan.
TARJIMA
3T modelining ilk bosqichi "Tarjima" bo‘lib, bunda loyiha tarjimoni tomonidan chet tillardagi Vikipediyalarda bo‘lgan maqola o‘zbek tiliga ravon tarjima qilinadi. Tarjimasi tayyor bo‘lgan maqola ikkinchi bosqich — "Tahrir" jarayoniga maxsus tizim orqali yuboriladi.
TAHRIR
3T modelining ikkinchi bosqichi "Tahrir" bo‘lib, bunda loyiha muharriri o‘zbek tiliga o‘girilgan maqolani Vikipediya qoidalariga ko‘ra tahrirlaydi hamda tahrirdan o‘tgan maqolani vikichi (o‘zbekcha Vikipediya- ning faol tahrirchisi)ga jo‘natadi.
TAQDIM
3T modelining uchinchi bosqichi "Taqdim" boʻlib, bunda vikichilar tahrirdan oʻtgan maqolalarni oʻzbekcha Vikipediyaga joylashtirishadi. Yuklangan maqolalar oʻzbekcha Vikipediyaning tajribali tahrirchilari tomonidan tekshirib boriladi.