Kosmik zondlar avtonom qurilmalarning tarixiy misollaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy hayotda esa o‘zi harakatlanadigan changyutgichlar va avtonom avtomobillarni bunga yaqqol misol qilib keltirish mumkin.
Avtonom robotlar atrof-muhitdan ma’lumot oladi, uni qayta ishlab, belgilangan vazifalarni inson omilisiz bajaradi. Biroq ularning mustaqillik darajasi robotning turi, dasturiy ta’minoti va texnik imkoniyatlariga bog‘liq.
Masalan, xavfsizlik robotlari hududdagi harakatlarni kuzatishi orqali shubhali holatlarni aniqlaydi va belgilangan qoidalarga muvofiq javob qaytaradi. Ularning harakati oldindan olingan ma’lumotlarga asoslanadi.
Amazon kompaniyasi 2021-yil sentyabrida uy sharoitida foydalanish uchun Astro robotini taqdim etgan. Robot uy xavfsizligini ta’minlash va keksalarga g‘amxo‘rlik qilish uchun mo‘ljallangan.
#BilganYaxshi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube