Koʻchmanchi qushlar
Biz manzilni topishda GPS va boshqa navigatsiya vositalaridan foydalanamiz. Xo‘sh, minglab kilometr masofani bosib o‘tadigan qushlar-chi? Ularda na xarita, na navigatsiya qurilmasi bor.
Biroq qushlar migratsiya vaqtida Quyosh, yulduzlar, Yerning magnit maydoni hamda daryo va qirg‘oq kabi tabiiy belgilar yordamida yo‘nalishni aniqlashi mumkin.
Uzoq parvoz oldidan ko‘plab ko‘chmanchi qushlarda "giperfagiya" deb ataladigan holat kuzatiladi. Bunda ular odatdagidan ko‘proq oziqlanib, tanasida yog‘ zaxirasini to‘playdi.
#BuBoshqaGap
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Koʻchmanchi qushlar