BMT Bosh Assambleyasi 2007-yil 15-iyunda 2-oktyabrni Xalqaro kuch ishlatmaslik kuni deb belgilagan. Tegishli rezolyutsiya ovoz berishsiz, ya’ni konsensus asosida qabul qilingan.
Sana bejiz tanlanmagan. 2-oktyabr — "kuch ishlatmasdan kurashish" g‘oyasining mashhur namoyandasi, Hindiston mustaqillik harakati yetakchisi Mahatma Gandining tavallud kuni.
Gandi ushbu gʻoyaning tamoyillarini rivojlantirib, uni siyosiy kurashning amaliy vositasiga aylantirgan. Bunda mahsulotlarni boykot qilish, rasmiy lavozimlardan voz kechish va fuqarolar itoatsizligi kabi usullardan foydalangan.
#BuBoshqaGap
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Xalqaro kuch ishlatmaslik kuni