Butunjahon tozalik kuni
2023-yil 8-dekabrda BMT 20-sentyabrni Butunjahon tozalik kuni sifatida belgiladi. Ushbu tashabbusning tarixiy ildizlari 2008-yil Estoniyada o‘tkazilgan ommaviy tozalash aksiyasiga borib taqaladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Estoniyada 50 000 nafar ko‘ngilli birlashib, mamlakatni 5 soat ichida chiqindilardan tozalagan. Mazkur aksiya keyinchalik global ekologik harakatga aylangan.
Umuman olganda, bu kun odamlarni atrof-muhitni asrash va ekologik mas'uliyatni oshirishga undaydi. Ko‘chalar, bog‘lar va boshqa jamoat joylarini toza saqlang.
#BuBoshqaGap
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube