100 Grand bar shokolad batonchasi

19 Sentabr, 2026
1 koʻrilgan
100 Grand bar shokolad batonchasi

100 Grand bar shokolad batonchasi

100 Grand bar shokolad batonchasi

Shirinliklar yoqimli ta’mi bilan kayfiyatni ko‘tarsa-da, ularni me’yoridan ortiq iste’mol qilish vazn ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tabiiyki, bu uning tarkibidagi kaloriyaga ham bog'liq.

Xo‘sh, “100 Grand” shokolad batonchasi ham semirtirishi mumkinmi? Mazkur mahsulot 1964-yilda Nestle tomonidan yaratilgan. 2018-yil yanvar oyida esa bu kompaniya AQShdagi qandolat biznesini Ferreroga sotgan.

Batonchaning og‘irligi 43 g bo‘lib, uning tarkibiga shokolad, karamel va qarsildoq guruch kiradi. Energiya qiymati esa 201 kaloriyani tashkil etadi. Mahsulotda to‘yingan yog‘lar hamda shakar miqdori yuqori.

Shu sababli "100 Grand"ni vaqti-vaqti bilan iste’mol qilishning o‘zi avtomatik ravishda vazn ortishiga olib kelmaydi. Biroq uni muntazam yeyish natijasida organizm kunlik ehtiyojidan ortiqcha kaloriya yig‘adi.

Shirinliklarni albatta yeng, ammo qancha oz shuncha soz :)

#BilganYaxshi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

 

 

Manba / Muallif: Maxmuda Bozorova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.