Ferrero Roçer — Italiyaning noyob ta'mi
Ferrero — mahsulotni yaratgan italyan kompaniyasining nomi, Roçer bölsa fransuzcha "tosh", "qoya" degan ma'noni anglatadi. Sezganmisiz, şokoladning taşqi qismidagi maydalangan funduk bölaklari toşli qoya yuzasini eslatadi.
Aynan şu öxşaşlik mahsulot nomida ham aks etgan. Ferrero Roçer 1982-yilda Italiyaning Alba şahrida yaratilgan. Uning tarkibida butun funduk, yumşoq krem, sutli şokolad va maydalangan funduk qatlami mavjud.
Şuningdek, brendning asosiy vizual belgilari oltin rangli öram va şaffof quti hisoblanadi. Mahsulotning bunday taqdimoti uning premium va sovğabop imijini şakllantirişda muhim rol öynaydi.
Ferrero Roçer xalqaro bozorda ham tez ommalaşgan. Mahsulot 1988-yilda AQŞ, 1994-yilda Xitoy, 1996-yilda esa Rossiya bozoriga kirib borgan. Bugungi kunda esa u dunyoning 140 dan ortiq mamlakatida sotiladi.
#BilganYaxshi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
Ferrero Roçer — Italiyaning noyob ta'mi