Mars shokoladi sayyorasiga sayohat qilamiz!

07 Sentabr, 2026
1 koʻrilgan
Mars shokoladi sayyorasiga sayohat qilamiz!

Mars shokoladi sayyorasiga sayohat qilamiz!

Mars shokoladi sayyorasiga sayohat qilamiz!

Kuz kelishi bilan ayrimlarda allergiya belgilari paydo bo‘la boshlaydi. Buning turli sabablari bo‘lishi mumkin. Masalan, ba’zi insonlarda shokolad tarkibidagi ayrim mahsulotlarga allergik reaksiya kuzatiladi.

Keling, buni Mars shokoladi misolida ko‘rib chiqamiz. Uning ichiga karamel va nuga qoʻshilib, ustki qismi sutli shokolad bilan qoplangan. Qizigʻi, koʻpchilik oʻylaganidek, Mars nomi sayyora bilan bogʻliq emas.

Mahsulot 1932-yil Angliyada Forrest Mars Sr. tomonidan ishlab chiqarilgani sharafiga shunday atalgan. Mahsulot uning otasi yaratgan "Milky Way" batonchasi asosida yaratgan.

Allergiyaga qaytadigan bo‘lsak, batoncha tarkibida sut va soya mavjud. Shu sababli ushbu ingredientlarga allergiyasi bo‘lgan insonlarda kutilmagan reaksiya yuzaga kelishi mumkin.

Shuning uchun ham oziq-ovqatga allergiyasi bo‘lgan insonlar shirinlik xarid qilayotganda uning tarkibini diqqat bilan oqib chiqishlari muhim.

#BilganYaxshi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

 

Manba / Muallif: Maxmuda Bozorova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.