Ritter Sport — Siz izlagan Vikipedia ta'mli shokolad

04 Sentabr, 2026
0 koʻrilgan
Ritter Sport — Siz izlagan Vikipedia ta'mli shokolad

Ritter Sport — Siz izlagan Vikipedia ta'mli shokolad

Ritter Sport — Siz izlagan Vikipedia ta'mli shokolad

Shirinlikka bo‘lgan ishtiyoq insonning ta’m bilish xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, shokolad bu borada eng mashhur mahsulotlardan biri. Bugun esa ko‘pchilikka tanish bo‘lgan Ritter Sport shokoladining tarixiga yuzlanamiz.

Ritter Sport — Germaniyada joylashgan shokolad brendi bo‘lib, kompaniyaga 1912-yilda Klara Ritter va Alfred E. Ritter tomonidan asos solingan. Brend 1932-yildan beri kvadrat shakldagi shokoladlarni ishlab chiqaradi.

100 grammli Ritter Sport batonchasi 4×4 shaklda 16 ta bo‘lakdan iborat bo‘lib, 2013-yilda 9 ta yirik bo‘lakdan tashkil topgan 3×3 varianti ham taqdim etilgan. Brend assortimentida turli xil shokoladlar mavjud.

Ritter Sport shokoladlarida turli qo‘shimchalar, jumladan, marzipan va boshqa mahsulotlardan foydalaniladi. 2005–2014-yillarda kompaniya shokolad tarkibidagi sun’iy, tabiiyga o‘xshash aromatizatorlarni tabiiy muqobillar bilan almashtirgan.

Oddiygina kvadrat shokolad ortida ajoyib tarix va o‘ziga xos ishlab chiqarish an’analari yashiringan. Bundanda qiziqroq batafsil ma'lumotni o‘zbekcha Vikipediyadagi maqola orqali bilib olishingiz mumkin.

#BilganYaxshi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

 

 

Manba / Muallif: Maxmuda Bozorova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.