Galaxy shirinligi haqida bilarmidingiz?
Galaxy so‘zi quloqqa chalinishi bilan xayolimiz Samsung kompaniyasiga ketishi mumkin. Ammo shu nom ostida 1960-yilda Buyuk Britaniyada ishlab chiqarila boshlangan shokolad ham mavjud.
Ushbu shokolod Mars kompaniyasiga tegishli bo‘lib, 2014-yilda Buyuk Britaniyada Cadbury Dairy Milkdan keyin eng ko‘p sotilgan ikkinchi shokolad brendi sifatida qayd etilgan.
U turli xil ta’m va ko‘rinishdagi shokolad mahsulotlarini o‘z ichiga oladi. Ular orasida sutli, yong‘oqli va karamelli shokoladlar, shuningdek, mevalar bilan tayyorlangan batonchalar ham bor.
#BilganYaxshi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X