Ha, biz buni qila olamiz!

29 Avgust, 2026
8 koʻrilgan
Ha, biz buni qila olamiz!

Ha, biz buni qila olamiz!

2004-yil Barak Obama Demokratlar milliy konferensiyasida so‘zlagan nutqi bilan AQSh siyosatida keng tanilgan. Illinoys shtati senatori bo‘lgan Obama nutqida o‘z hayoti misolida Amerika jamiyatidagi imkoniyatlar haqida gapirgan

Nutqning asosiy qismi Obama tarafdan yozilib, saylovoldi jamoasi uni tahrirlagan. 20 daqiqadan kam davom etgan bu chiqishning g‘oyasi amerikaliklarni irq, hudud va siyosiy qarashlardan qat’i nazar birlashtirish edi. 

Nutq Obamaning siyosiy faoliyatida muhim burilish yasab, uni Demokratlar partiyasining eng istiqbolli siyosatchilaridan biriga aylantirgan. Oradan to‘rt yil o‘tib, u AQSh prezidentligiga saylangan.

Eng mashhur nutqlarni o‘qish uchun o‘zbekcha Vikipediya bor!

#BilganYaxshi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

Manba / Muallif: Maxmuda Bozorova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.