"Katta o‘zgarishlar qilish uchun hech qachon kichikliq qilmaysiz"

27 Avgust, 2026
1 koʻrilgan
"Katta o‘zgarishlar qilish uchun hech qachon kichikliq qilmaysiz"

"Katta o‘zgarishlar qilish uchun hech qachon kichikliq qilmaysiz"

"Katta o‘zgarishlar qilish uchun hech qachon kichikliq qilmaysiz"

Notiq o‘z chiqishida tinglovchilarni ishontira olishi, ularni o‘z fikr va g‘oyalariga ergashtirishi lozim. Shvetsiyalik iqlim faoli Greta Tunberg ham notiqlik iste’dodi bilan tanilgan shaxslardan biri hisoblanadi.

2018-yilda u TEDxStockholm anjumanida ilk nutqini so‘zlagan. U iqlimshunos olim bo‘lish uchun maktabga bormaganini aytar ekan, ilm-fan o‘z so‘zini aytib bo‘lgan, endi esa inkor va bilimsizlik davri boshlanganini ta’kidlagan.

U kelajakda farzandlari va nabiralari undan hali vaqt borida nega chora ko‘rilmaganini so‘rashlari haqida gapirib, nutqini: "Biz qoidalarga bo‘ysunib, dunyoni o‘zgartira olmaymiz, chunki qoidalarning o‘zi o‘zgarishi kerak", — deb yakunlagan.

Greta Tunbergning eng mashhur nutqlarihavola

#BilganYaxshi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

Manba / Muallif: Maxmuda Bozorova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.