Butunjahon uysiz hayvonlar kuni
1992-yilda Hayvonlar huquqlarini himoya qilish xalqaro jamiyati tomonidan uysiz hayvonlar muammosi va boshpanalardagi hayvonlarning o‘ldirilishiga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida bu sana qabul qilingan.
Bugun dunyoda yuz millionlab it va mushuk uysiz yashayotgani taxmin qilinadi. Masalan, AQSHning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 4,2 million it va mushuk boshpana hamda qutqaruv tashkilotlari orqali yangi uy topgan.
Aslida, bu muammo tarix uchun ham begona emas. 1695-yilda Yaponiyaning Edo shahrida qarovsiz itlar ijtimoiy muammoga aylangach, ular uchun maxsus ulkan inshoot — "Nakano Inugoya" tashkil etilgan edi.
#BuBoshqaGap
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
Butunjahon uysiz hayvonlar kuni