Maktubnoma

14 Avgust, 2026
19 koʻrilgan
Maktubnoma

Maktubnoma

Maktubnoma

"WikiMarafon" loyihasidan yaxshi xabardorman, bu loyihani qilish haqida ko‘p marotaba o‘zim postlarimda yozganman. Mehrinoz Abbosova Yoshlar ishlari agentligiga til bo‘yicha maslahatchi bo‘lib kelgach, u bilan ko‘p marta bu haqida gaplashdik. Alisher Sa’dullayevga rahmat, loyihani rivojlantirish uchun nimaiki qilish kerak bo‘lsa qildi. Prezidentimizga katta tashakkurlar: "Bu loyihani qilinglar, men turibman ortingizda!" — deb qo‘lladilar.

Boshlanishidanoq uni kuzatib va yoritib borganman, tadbirlarida ham ishtirok etib kelganman. Mening ham Vikipediyadagi o‘zbek tilidagi sahifam aynan shu loyiha doirasida paydo bo‘lgan, buning uchun "WikiMarafon" jamoasiga katta rahmat. Bu loyiha ikkita katta va muhim ijtimoiy vazifani bajargan va bajarmoqda, deb hisoblayman. Birinchisi, o‘zbek tilini rivojlantirish uchun katta amaliy ish bo‘ldi: bu shunchaki til haqidagi chaqiriqlar emas, internetni o‘zbekcha kontent bilan to‘ldirish orqali tilni rivojlantirishga yo‘naltirilgan natijador harakat bo‘ldi.

Ikkinchisi, "WikiMarafon" bilimli va tashabbuskor, jonkuyar yoshlarni birlashtiruvchi g‘oya bo‘ldi. Loyiha doirasida ko‘plab iqtidorli yoshlar kashf qilindi, yoshlarning o‘zaro netvorking platformasi va iste’dodlar fabrikasiga ham aylandi. Bu juda katta ish, hali kelajakda qayta-qayta meva beradigan daraxtga o‘xshatsa bo‘ladi. Bu yoshlar yana ko‘p ishlarni birlashib qilishadi, qila olishadi va yuksak natijalarga erishishadi. "WikiMarafon" ular uchun hayotidagi birinchi muvaffaqiyatli tajriba sifatida katta rol o‘ynashiga ishonaman. Bundan esa hammamiz yutamiz. Loyihaga omad va davomiylik tilayman.

Maktub "Shahnoza Soatova" tomonidan yo‘llandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

Manba / Muallif: Maxmuda Bozorova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.