"Yaxshi kitob oʻquvchida savol tugʻdirishi kerak..."

01 Avgust, 2026
7 koʻrilgan
"Yaxshi kitob oʻquvchida savol tugʻdirishi kerak..."

"Yaxshi kitob oʻquvchida savol tugʻdirishi kerak..."

"Yaxshi kitob oʻquvchida savol tugʻdirishi kerak..." 

Tavsiya qilgan asarlarim turli davr va millat adabiyotiga mansub bo‘lsa-da, ularni birlashtirib turadigan umumiy jihat bor: ular inson tabiati, tanlov, vijdon, orzu va haqiqat haqida o‘ylashga undaydi.

Navoiyning "Lison ut-Tayr" asari insonning ma’naviy kamolot yo‘lini anglatib bersa, Oskar Uayldning "Dorian Grey portreti" tashqi go‘zallik va ichki ma’naviy buzilish o‘rtasidagi fojiali ziddiyatni ochib beradi. Balzakning "Sag‘ri teri tilsimi" har qanday nafs va istakning bahosi borligini eslatsa, O.Genri hikoyalari hayotning kutilmagan burilishlari orqali inson qalbidagi mehr va umidni kashf etadi. Rey Bredberining "Farengeyt bo‘yicha 451" romani kitobdan va fikrdan mahrum bo‘lgan jamiyat qanday mudhish inqirozga yuz tutishi mumkinligini ko‘rsatsa, Mixail Vellerning "Kassandra" falsafiy-publitsistikasi zamonaviy sivilizatsiya inqirozi, insoniyat kelajagi va jamiyat qonuniyatlari haqida bahsga chorlaydi. Erkin A’zamning "Ertalabki xayollar" asari o‘zbek ruhiyatining nozik qirralarini his qilishga yordam bersa, Sevara Alijonova "Mahkum sayohati"da insonning ichki kechinmalari, iztiroblari va hayotiy sinovlari ustida o‘ylashga majbur qiladi.
Bugungi axborot shovqini ichida o‘zlikni yo‘qotmaslik va intellektual jihatdan tirik qolishning yagona sharti aynan mutolaada. 
 
"WikiMarafon" loyihasi uchun ''Yosh Kuch" jurnali bosh muharriri, publitsist, tarjimon va ssenarist Zabarjad Bobojonova ishtirokida maxsus tayyorlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
 
 
 
Manba / Muallif: Maxmuda Bozorova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.