Xalqaro chapaqaylar kuni
Dunyoda har o‘n kishidan taxminan biri chapaqay. Kundalik hayotdagi ko‘plab buyumlar o‘ng qo‘llarga moslab ishlab chiqilgani sababli chapaqaylar ayrim noqulayliklarga duch kelishi mumkin.
Tarixda esa chapaqaylikka munosabat murakkabroq bo‘lgan. Ayrim jamiyatlarda chap qo‘l bilan ishlash nomaqbul deb hisoblangan. Hatto o‘qituvchilar bolalarni o‘ng qo‘l bilan yozishga majburlagan.
Shunga qaramasdan, ularning kundalik hayotda duch keladigan qiyinchiliklariga e’tibor qaratish maqsadida 1992-yilda "Left-Handers" jamiyati tomonidan Xalqaro chapaqaylar kuni ta’sis etilgan.
Oramizda chapaqaylar bormi? ️️️️️️️
️
BuBoshqaGap
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X