Qiyin davrlar uchun to‘g‘ri iqtisodiyot
Iqtisodiyot faqat raqamlar, statistikalar yoki murakkab atamalardan iborat emas. Abhijit V. Banerji va Ester Dyufloning ushbu kitobi iqtisodiy muammolarning kundalik hayotga ta’sirini tushunishga undaydi.
Kitobda globallashuv, immigratsiya va iqtisodiy o‘sish kabi masalalarga yechimlar taklif qilingan. Bu mavzular kundalik hayotda narxlar, ish o‘rinlari va daromadlar notengligini his qiladigan har bir inson uchun muhim.
Masalan, mualliflar kambag‘allikda yashovchi insonlarning qarorlari haqidagi ayrim stereotiplarni tahlil qilib, ularga biryoqlama baho bermaslikni ta'kidlaydi. Shu tariqa kitob o‘quvchini iqtisodiy hodisalarga tanqidiyroq qarashga undaydi.