Sun’iy intellektda nazorat muammosi

10 Avgust, 2026
19 koʻrilgan
Sun’iy intellektda nazorat muammosi

Sun’iy intellektda nazorat muammosi

Sun’iy intellektda nazorat muammosi

Sun’iy intellektga aniq maqsad beriladi va uning muvaffaqiyati shu maqsadga qanchalik yaxshi erishgani bilan o‘lchanadi. Ammo bu jarayonda insonning barcha xohish va qadriyatlarini hisobga olinadimi? 

Stuart J. Russell "Insonga mos sun’iy intellekt va nazorat muammosi" kitobida aynan shu muammoni ko‘taradi. U SI rivoji davom etaverishini hisobga olib, uning xavfsizligi bo‘yicha tadqiqotlarni imkon qadar erta boshlash zarurligini ta’kidlaydi.

Russell asarida yana bir muhim masalaga to‘xtalib o‘tadi. SI hukmron bo‘lgan dunyoda insoniyat o‘z mustaqilligini qay darajada saqlab qolishi haqida jiddiyroq mulohaza yuritishga chaqiradi.

#BilganYaxshi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

Manba / Muallif: Maxmuda Bozorova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.