Xalqaro yoʻlchiroqlar kuni
Dunyodagi ilk elektr yoʻlchirogʻi 1914-yil 5-avgustda AQShning Klivlend shahrida o'rnatilgan. U dastlab faqat qizil va yashil chiroqlardan iborat bo'lgan.
Yashildan birdaniga qizilga oʻtish xavfli boʻlgani uchun 1920-yilda detroytlik politsiyachi va muhandis Villiam Potts sariq chiroqni joriy qildi.
Bu chiroq haydovchilarga xavfsiz to'xtash yoki chorrahani tark etish imkonini berdi. Bugun esa ular shahar hayotining ajralmas qismiga aylangan.