Kunlardan bugun — Xalqaro tarvuz kuni
Tarvuz tanlashning oʻziga yarasha usuli bor. Oyxon opa tarvuzni taqillatib koʻrsa, Shomurod aka dumiga qarab tanlashni xush koʻradi.
Boshqa birov esa sotuvchining "Bu juda shirin" degan gapiga ishonadi. Qanday tanlamasin, tarvuz shirin chiqsa — olam guliston!
Xoʻsh, siz tarvuzni qanday tanlaysiz?