Goya kinomukofoti
Ispaniya kinosining eng nufuzli mukofotlaridan biri — Goya. Uning nomi rassom Fransisko de Goyadan olingan. Qizig‘i, nom tanlashda Lumiere, Bunuel va Soles kabi variantlar ham ko‘rib chiqilgan, ammo Goya nomiga to‘xtalgan.
Statuetka ilk bor 1987-yil 16-mart kuni Madridning Lope de Vega teatrida topshirilgan. Dastlab mukofotlar 16 ta yoʻnalishni qamrab olgan, keyinchalik ularning soni ortib, mukofot Ispaniya kinosining eng muhim an’analaridan biriga aylangan.
Goya tarixidagi eng katta rekord esa Mar adentro filmiga tegishli. Alejandro Amenabar rejissyorligidagi ushbu kino 15 ta yoʻnalishdan 14 tasida g‘olib bo‘lgan. Film, shuningdek, "Eng yaxshi xalqaro film" uchun Oscarni ham qo‘lga kiritgan.