"Oscar"ning fransuzcha muqobili
Sezar — Fransiyaning "Oscar"ga o‘xshash milliy kino mukofoti bo‘lib, ilk bor 1976-yilda topshirilgan. Uning gʻoyasi Jeorjes Kravennega tegishli. Mukofot haykalchasini esa haykaltarosh Sezar Baldaccini yasagan.
Bu mukofotning Rim imperatori Yuliy Sezar yoki sezar salati bilan aloqasi yo‘q. Balandligi 30 sm, og‘irligi 3,7 kg bo‘lgan statuetka ilk marosimda 13 ta yo‘nalish bo‘yicha topshirilgan bo‘lsa, bugungi kunda mukofotlar 24 ta yo‘nalishda beriladi.
"Sezar" mukofoti xalqaro miqyosda tanilgan aktyor va ijodkorlarni ham e’tirof etib keladi. Masalan, "Niqob" filmi bilan koʻpchilikning yodida qolgan amerikalik aktyor Jim Kerri butun ijodiy faoliyati uchun faxriy "Sezar" mukofotini olgan.
#BilganYaxshi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
"Oscar"ning fransuzcha muqobili