Dunyo tan olgan hikoyalar
Germaniyaning Berlin shahrida o‘tkaziladigan Berlinale kinofestivalining "Oltin Ayiq" mukofoti ilk bor 1951-yilda taqdim etilgan. Shundan buyon festivalning rasmiy tanlovida namoyish etilgan filmlar orasidan yuksak badiiy qiymatga ega eng yaxshi asar ushbu mukofot bilan taqdirlanadi.
Inson taqdiri va kuchli obrazlarni yuksak badiiy mahorat bilan aks ettiradigan filmlar haqida so‘z borganda, o‘zbek kinosining atoqli rejissyori Shuhrat Abbosov ijodi ham alohida e’tiborga loyiq. Uning filmlarida insoniy kechinmalar, hayotiy obrazlar va milliy ruh o‘ziga xos badiiy talqin etilgan.
Xo‘sh, sizningcha, Shuhrat Abbosovning qaysi filmi badiiy qudrati bilan xalqaro kinofestival darajasidagi e’tirofga eng munosib?