Eng murakkab superkompyuter

22 Iyul, 2026
15 koʻrilgan
Eng murakkab superkompyuter

Eng murakkab superkompyuter

Eng murakkab superkompyuter

Inson miyasi tana massasining atigi 2 foizini tashkil etsa-da, organizm energiyasining qariyb 20 foizini sarflaydi. Milliardlab neyronlar fikrlash, xotira, hissiyot va harakatlarimizni boshqaradi.

Shu sababli miya salomatligi doimiy e’tibor talab qiladi. Yetarli uyqu, jismoniy faollik, muvozanatli ovqatlanish va yangi bilimlar uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Eng qizig‘i, miya uchun "o‘rganish"ning oxiri yo‘q. Yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash miya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Shunday ekan, bugun ham miyangizni yangi bilim bilan siylang.

#BuBoshqaGap
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

Manba / Muallif: Maxmuda Bozorova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.