Trendga emas, modaga ergashing!

09 Iyul, 2026
4 koʻrilgan
Trendga emas, modaga ergashing!

Trendga emas, modaga ergashing!

Trendga emas, modaga ergashing!

Trend bugun bor, ertaga yo‘q. Moda esa uzoq yashaydi, bir muddat chekinadi, keyin yana ko‘rinish beradi. Xuddi dengiz oqimi kabi. ELLE jurnali modaning davriyligini aynan shunday tasvirlagan edi.

Ba’zan biz yangi deb qabul qilgan narsalarni tarix allaqachon ko‘rgan bo‘ladi. Buning uchun uzoqqa borish shart emas: bir necha yil oldin ommalashgan, "chips" ayollar shippaklarini eslaysizmi?

Gap shundaki, jipsin deb ataladigan, ko‘rinishidan unga o‘xshash oyoq kiyim Koreyada ming yillar avval ham kiyilgan. Faqat zamonaviy "chips"lardan farqli ravishda, jipsinlar somondan to‘qilgan.

Albatta, zamonaviy "chips"lar bilan qadimgi jipsinlar o‘rtasida bevosita tarixiy bog‘liqlik borligi tasdiqlanmagan. Ammo nomi va ko‘rinishidagi o‘xshashlikning o‘zi moda tarixi uchun qiziq jarayon emasmi?.. 

#BuBoshqaGap 
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

Manba / Muallif: Nurmuhammad Fayzullayev

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.