😇 "WikiMarafon" loyihasi doirasida jamoamiz 14 hududda yoshlar bilan uchrashdi. Bu vaqt davomida koʻplab esdalik sovgʻalari, promokodlar va oromgoh uchun 16 ta yoʻllanmani topshirdik.
🏕 Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan yakuniy tadbirda esa Shohrux Joʻrayev va Zahro Buvaxonovalarga oromgohga yoʻllanma nasib qildi. Shu tariqa, ular ham yakuniy roʻyxatdan oʻz oʻrinlarini egalladi.
😍 Bir oylik safarimizda bizni qoʻllab-quvvatlagan, har bir hududda yelkadosh boʻlgan koʻngilillar va faol yoshlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz. Ona tilimiz ravnaqi yoʻlidagi hissangiz uchun tashakkur!
#tilimiz_uchun