🤠 Jizzaxlik Sojida Temirbekova Joʻrabek qizi bugun nafaqat Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi, balki WikiSfera II oromgohining ilk yoʻllanma sohiblaridan biri hamdir.
💎 Faollik, tashabbus va imkoniyatlardan unumli foydalanish — muvaffaqiyatning eng qisqa yoʻli. Sojida ham aynan shu yoʻlni tanladi va o‘z harakati bilan boshqalarga namuna bo‘ldi.
✅ Siz ham tadbirlarda faol qatnashing, tashabbus ko‘rsating va imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang. Balki keyingi yoʻllanma egasi aynan siz bo‘larsiz!
#yangi_sahifa