🔮 Hogwarts maktabining eng katta boyligi uning qadimiy devorlari emas, balki professorlari edi. Minerva Makgonagall, Severus Sneyp kabi ustozlar minglab o‘quvchilarning xotirasida qolgan.
🤩 WikiSfera II oromgohida esa bu vazifani mentorlar bajaradi. Ular sizga o‘zbekcha Vikipediyada maqola yaratish, tahrirlash va bilimlarni boshqalar bilan ulashish sirlarini o‘rgatadi.
👓 Tanishing:
Ahror Abdug‘afforov — Gryffindor mentori;
Muzaffar Jo‘raboyev — Slytherin mentori;
Javoxir Yorqulov — Ravenclaw mentori;
Ibrohimjon Abdufattohov — Hufflepuff mentori;
Umid Baqoyev — Durmstrang mentori.
🔥Bu ismlarni yodingizda saqlab qoling. Ammo ulardan ehtiyot bo‘ling! Agar juda ko‘p xato qilsangiz, siz uchun maxsus "Qichqiriqnoma" ham kelib qolishi mumkin...
🫡 Xullas, hozirdan ogohlantirdik. Oromgoh yakuniga kelib esa bu ustozlarni xuddi Hogwarts professorlaridek yaxshi ko‘rib qolasiz. To‘g‘rimi, WikiSfera bitiruvchilari?
#yangi_sahifa