Bir tomchi qon nimalarga qodir?

14 Iyun, 2026
2 koʻrilgan
Bir tomchi qon nimalarga qodir?

Bir tomchi qon nimalarga qodir?

Tasavvur qiling, atigi bir soat vaqtingiz evaziga 3 nafar insonning hayotini saqlab qolish mumkin. Aynan shu sababli har yili 14-iyun sanasida Butunjahon donorlar kuni nishonlanadi.

Bu sana qon guruhlari tizimini kashf etgan olim Karl Landshteyner tavallud kuni sharafiga tanlangan. Uning kashfiyoti bugungi zamonaviy qon quyish tizimining poydevorini yaratgan.

Dunyo bo‘ylab har yili 120 milliondan ortiq qon donorligi amalga oshiriladi. Bir dona qon topshirish esa uch nafargacha bemorga yordam berishi mumkin.

#kun_tarixi 

Manba / Muallif: Maxmuda Bozorova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.