Bolalik nima uchun berilgan?

12 Iyun, 2026
2 koʻrilgan
Bolalik nima uchun berilgan?

Bolalik nima uchun berilgan?

📍 O‘ynash, o‘rganish va orzu qilish uchun! Ammo barcha bolalar ham bunday imkoniyatga ega emas. Ayrimlari hali ham maktab yo‘lidan ko‘ra mehnat yo‘lini bosib o‘tishga majbur.

🌎 Buni raqamlar ham tasdiqlaydi: bugungi kunda dunyo bo‘ylab 138 million bola mehnat bilan band. Bu har 13 boladan biri bolaligini to‘liq yashay olmayotganini anglatadi.

💔 Shulardan 54 millioni esa xavfli mehnat sharoitlarida ishlamoqda. Shu sababli har yili 12-iyun sanasida Xalqaro bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni o‘tkaziladi.

#kun_tarixi

Manba / Muallif: Maxmuda Bozorova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.