💌 Kun sayin WikiSfera II oromgohiga yoʻllanma yutib olganlar safi kengayib bormoqda. Tez orada ular bir maskanda jam boʻlib, unutilmas sarguzashtlarga otlanadi.
🏕 Oromgohdagi 6 kun davomida sizni maqola yozish san'ati boʻyicha mashgʻulotlar, qiziqarli oʻyinlar, yangi doʻstlar va kechki koʻngilochar dasturlar kutmoqda.
🎉 Bu galgi yoʻllanma sohibasi — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi, samarqandlik Durdona Sharifjonova.
WikiSfera II oilasiga xush kelibsiz, Durdona!
#yangi_sahifa