🪁 O‘yin shunchaki vaqt o‘tkazish vositasi emas. U bolalikning tili, tasavvurning qanoti, yangi bilimlarni o‘rganishning eng tabiiy usullaridir.
🧩 O‘yin orqali bolalar ijodkorlikni rivojlantiradi, muloqot qilishni o‘rganadi va muammolarga yechim topish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
🎮 Shu sababli 2024-yilda BMT Bosh Assambleyasi 11-iyunni Xalqaro o‘yin kuni deb e'lon qildi. Bugun bir zum bolaligingizni eslang — o‘ynang va kuling!
#kun_tarixi