Mangu yulduz

06 Iyun, 2026
6 koʻrilgan
Mangu yulduz

Mangu yulduz

📑 Bugun adabiyotimizning yirik namoyandalaridan biri — yozuvchi, tarjimon va adabiyotshunos Ibrohim Gʻafurov vafot etdi. Ustoz 1937-yil 27-dekabrda Toshkent shahrida hunarmand oilasida tavallud topgan.

✍️ Ibrohim Gʻafurov nafaqat oʻzining salmoqli asarlari, balki jahon adabiyotining nodir namunalarini oʻzbek kitobxoniga yetkazib bergani bilan ham yodda qoladi. Uning tarjimonlik faoliyati Mopassanning “Azizim” asari bilan boshlangan.

✍️ Shuningdek, u Dostoyevskiy, Markes, Shekspir, Gyote, Pushkin, Tolstoy, Kafka va Kamyu kabi jahon adabiyoti daholarining asarlarini oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilib, milliy adabiyotimiz xazinasini boyitgan.

Ijodkorning ruhi ularning qoʻli teggan asarlarda mangu yashaydi. Alvido, Maestro!

Manba / Muallif: Nurmuhammad Fayzullayev

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.