Ikki gʻildirak ortidagi tarix

03 Iyun, 2026
4 koʻrilgan
Ikki gʻildirak ortidagi tarix

Ikki gʻildirak ortidagi tarix

🌋Bir paytlar yo‘llarda avtomobillar emas, otlar hukmron edi. Ammo 1815-yilda sodir bo‘lgan Mount Tambora vulqonining otilishi millionlab insonlar hayotiga ta'sir ko‘rsatdi.

💙 Bir yil o‘tgach, vulqon otilishining oqibatlari sezila boshladi: hosillar kamaydi, yem-xashak tanqisligi yuzaga keldi va ko‘plab otlar nobud bo‘la boshladi. 

☘️ Oradan ikki yil o‘tib, nemis ixtirochisi Karl Drais otga muqobil sifatida ikki g‘ildirakli transport vositasini yaratdi. Bugun biz uni velosipedning ilk ko‘rinishi sifatida bilamiz.

Demak, yo‘ldagi har bir velosiped qariyb ikki asrlik tarixning davomidir. Siz bu haqda bilarmidingiz?

#kun_tarixi 

Manba / Muallif: Maxmuda Bozorova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.