⚡️ WikiMarafon jamoasi "Yoshlar tashabbuslari" marafoni doirasida 3-iyun kuni Xorazm tomon yo‘l olmoqda. Bu safar siz mezbon, biz esa mehmon boʻlamiz.
🖌Ishtirokchilar "WikiMarafon" bilan yaqindan tanishib, loyiha doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lishlari mumkin.
👉 Hoziroq "Sun’iy intellekt va startaplar" yo‘nalishini tanlab, roʻyxatdan oʻting. Xo‘sh, Xorazmda kimlar bilan ko‘rishamiz? Keyin "eshitmay qopman" demang-a, og‘alar!
#tilimiz_uchun