WikiMarafon yangi manzillar sari yo‘l olmoqda!

25 May, 2026
1 koʻrilgan
WikiMarafon yangi manzillar sari yo‘l olmoqda!

WikiMarafon yangi manzillar sari yo‘l olmoqda!

Yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilayotgan "Tashabbuslar marafoni"da "WikiMarafon" loyihasi ham faol ishtirok etadi. 

Marafon davomida yoshlar sun’iy intellekt yo‘nalishida o‘zbekcha Vikipediyani boyitish, maqola yaratish va tahrirlash ko‘nikmalarini egallaydi.

➡️ Vikipediya bilan ishlash bo‘yicha amaliy treninglar, interaktiv uchrashuvlar hamda tajribali vikipediyachilar bilan muloqotlar tashkil etiladi. 

➡️ Ishtirokchilar obidalar va betakror manzaralarni suratga olib, ularni Vikimediaga joylash orqali yurtimizning boy merosini dunyoga tanitadi.

WikiMarafon — bu shunchaki loyiha emas, balki raqamli makonda o‘zbek tilini rivojlantirayotgan yoshlar harakati! 

📍 Marafon yurtimizning turli hududlaridagi so‘lim maskanlarda tashkil etiladi. Siz ham safimizga qo‘shiling, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.

👉 yoshlar.gov.uz

 

Manba / Muallif: Nurmuhammad Fayzullayev

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.