📚 Yoshlar ijod saroyida “Yangi kitob” loyihasi doirasida trendga aylanishi kutilayotgan 6 ta kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda asar mualliflari, tarjimonlar hamda kitobxonlar ishtirok etdi.
📖 Tadbir davomida “WikiMarafon” jamoasi ham chetda turmasdan, “Behalovat avlod” va “Dyuna” asarlari haqidagi inglizcha Vikipediya maqolalarini tezkor tarjima va tahrir orqali o‘zbekcha Vikipediyaga joyladi.
📌 Mazkur jarayon o‘zbek tilidagi ochiq bilimlar bazasini boyitish va internetdagi sifatli kontent sonini oshirishga xizmat qiladi. Bilimni faqat olish emas, balki uni o‘z o‘rnida va to‘g‘ri shaklda ulashish ham muhim.WikiMarafon bilan o‘zbekcha Vikipediyani yanada tezroq boyitamiz!