"WikiSfera" oromgohi o‘z nihoyasiga yetdi. Bu bir necha kun ichida biz shunchaki maqolalarni tahrir qilmadik, shunchaki musobaqalashmadik!
Biz yangi do‘stlar orttirdik, tunlarni suhbat bilan qarshi oldik, gulxan atrofida qo‘shiqlar kuyladik va eng muhimi — bir maqsad atrofida birlashdik.
Bu oromgoh kim uchundir ilk tahrir, kim uchundir ilk maqola, yana kim uchundir unutilmas xotira bo‘lib qoladi.
Sulolalar o‘rtasidagi janglar yakunlandi. Gulxanlar so‘ndi. Ammo bu yerda boshlangan hikoya hali davom etadi.Biz bilan bo‘lgan har bir ishtirokchi — WikiSfera tarixining bir bo‘lagiga aylandi. Ko‘rishguncha, WikiSfera. Biz esa tez orada qaytamiz!
#yangi_sahifa