Dafna Karuana Galiziya Malta davlatida faoliyat yuritgan surishtiruv jurnalisti edi. U korrupsiya, noqonuniy moliyaviy operatsiyalar va davlat boshqaruvidagi muammolarni yoritib kelgan.
Faoliyati davomida u ko‘plab bosim va tahdidlarga duch kelganiga qaramay, o‘z kasbiy prinsiplariga sodiq qolgan. Biroq 2017-yilda sodir etilgan rejalashtirilgan avtomobil portlashi natijasida halok bo‘ldi.
Mazkur voqea matbuot erkinligi masalasiga yana bir bor jiddiy e’tibor qaratilishiga sabab bo‘ldi. Bu kun haqida gapirar ekanmiz, unutmaylik: ba’zilar bu erkinlik uchun o'z jonini o‘rtaga qo'ygan. Agar haqiqat yashirilsa, jamiyat sizningcha nima yo‘qotadi? Izohlarda o‘z fikringiz qoldiring.