Hurmatli "Westeros" nomzodi

03 May, 2026
3 koʻrilgan
Hurmatli "Westeros" nomzodi

Hurmatli "Westeros" nomzodi

Qadimiy devorlar ortida shamollar yana sirlarni pichirlay boshladi… Uzoq sukunatdan so‘ng taxtlar uchun kurash boshlandi. Ko‘plab jangchilar orasidan sen o‘z biliming va kuching bilan ajralib chiqding.

Shu fazilatlaring seni 4–9-may kunlari bo‘lib o‘tadigan maxsus "WikiSfera" oromgohiga yetakladi. Bu maydonda sendan sherning yetakchiligi, ajdarhoning jasorati va bo‘rining sadoqati talab etiladi.
 
Shuni unutma: sen bu maydonga tasodifan tanlanilmagansan. Beshinchi oyning to‘rtinchi kuni tongida yo‘lga chiqasan. Tayyor tur… Haqiqiy o‘yin endi boshlanadi. Ko‘rishguncha, qahramon!

Manba / Muallif: Nurmuhammad Fayzullayev

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.