Ey odamlar-u odamlar, eshitmadim demanglar — "WikiSfera" oromgohida sizni oddiy kunlar emas, unutilmas lahzalar kutmoqda. Bilsangiz edi, tashkiliy jamoa siz uchun nimalarni hozirlab qoʻyganini...
Ishtirokchilar uchun sovg‘alar allaqachon tayyor. Ibrat farzandlari, UstozAI, Mutolaa, UzChess loyihalaridan "gold" kartalar, Qizlar Akademiyasidan maxsus to‘plamlar hamda 1000KITOBdan esa kitoblar.
Shu bilan tugaydimi, deb o‘yladingizmi? Siz uchun maxsus sertifikatlar, gʻolib jamoa uchun kubok va boshqa turli sirli sovgʻalar sizni kutmoqda. Ketsa bizdan ketsin, bu safar hammasi eng zoʻridan boʻladi!Xoʻsh, Westeros oilasining aʼzolari kun sanashni boshladingizmi?