🌐 Ushbu sana Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan joriy etilgan bo‘lib, ijod va innovatsiyaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini yoritishga xizmat qiladi.
💡Intellektual mulk — bu inson tafakkuri mahsuli. Bunga ixtirolar, adabiy va badiiy asarlar, dizaynlar hamda brendlar kiradi. Ularni himoya qilish esa muallif va ixtirochilarning huquqlarini ta’minlaydi.
😀 Bugungi kunda iqtisodiyotning asosiy qismi aynan g‘oya va innovatsiyalarga tayanmoqda. Shu bois, har biri gʻoya qadrlanishi va himoya qilinishi muhimdir.
Agar sizda noyob g‘oya bo‘lsa, uni qanday himoya qilgan bo‘lardingiz?