🌕 Artemis-2 missiyasi ishtirokchilari 1972-yildan buyon Oy tomon ilk muhim qadamni tashladi. Ma’lum qilinishicha, ular Oy atrofida parvoz qilgan sanoqli 24 nafar inson qatoriga qo'shilgan.
👩🚀 Rid Uayzmen, Viktor Glover, Kristina Kuk hamda Jeremi Hansen missiya ekipaji a’zolari hisoblanadi. Ular Yerdan 406 608 kilometr masofagacha yetib borib, fazoviy parvozlar rekordini yangilagan.
🔮 Atmosferaga kirish eng xavfli bosqich hisoblanishiga qaramay, Artemis-2 missiyasi qahramonlari 10 kunlik parvozni yakunlab, 11-aprel kuni Tinch okeaniga muvaffaqiyatli qo‘ngan.
Nima deb o‘ylaysiz, keyingi parvozlarda o‘zbekistonlik ekipaj a’zolari ham ishtirok etishi mumkinmi?