"Voice Up"ning ikki ishtirokchisi "WikiSfera"ga yo‘llanma oldi!

10 Aprel, 2026
25 koʻrilgan
"Voice Up"ning ikki ishtirokchisi "WikiSfera"ga yo‘llanma oldi!

"Voice Up"ning ikki ishtirokchisi "WikiSfera"ga yo‘llanma oldi!

🔈 "WikiMarafon" xodimlari Namangan viloyati Uychi tumanida tashkillashtirilgan "Voice Up" loyihasining ishtirokchilari bilan uchrashib, ularni o‘zbekcha Vikipediyadagi yangiliklar bilan tanishtirdi.

👍 Shuningdek, ushbu platformada maqolalar yaratish, mavjud materiallarni tahrirlash, ishonchli manbalardan foydalanish hamda to‘g‘ri kontent joylashtirish tartibi amaliy misollar orqali ko‘rsatib berildi.

🎉 Tadbir davomida faol qatnashgan ikki ishtirokchi — Habibullo Xusan o‘g‘li Inomjonov va Odina Akbarjon qizi Yusifjanovalar "WikiSfera" oromgohiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

📌 Oromgohga saralab olinganlarni bugundan boshlab rasmiy sahifamiz orqali birin-ketin e’lon qilib boramiz. Bizdan uzoqlashmang!

Manba / Muallif: Nurmuhammad Fayzullayev

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.